AsosiyJamiyat

Yoʻl kameralaridagi maʼlumotlar ochiq emas — IIV rasmiy munosabat bildirdi

Ички ишлар вазирлиги Ўзбекистон йўлларида ўрнатилган фото-видео қайд этиш камераларидан олинган маълумотлар интернетда очиқ қолгани ҳақидаги хабарларни рад этди.

'Yoʻl kameralaridagi maʼlumotlar ochiq emas — IIV rasmiy munosabat bildirdi'ning rasmi

IIVga ko‘ra, "TechCrunch" nashrida e’lon qilingan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Yo‘l harakati qoidabuzarliklarini qayd etuvchi barcha kamera tizimlari "Ma’muriy amaliyot" yagona axborot tizimi orqali ishlaydi va uch bosqichli kiberxavfsizlik tekshiruvlaridan o‘tgan.

Qayd etilishicha, cloud.yhxx.uz platformasi faqatgina huquqbuzarga berilgan maxsus havola yoki QR-kod orqali kirish mumkin bo‘lgan xizmat bo‘lib, u yerda faqat shaxsning o‘ziga tegishli jarima ma’lumotlari aks etadi. Video va fotosuratlarda shaxsga doir ma’lumotlar mavjud emas.

Shuningdek, IIV va YXHB mazkur masala yuzasidan rasmiy murojaat kelib tushmaganini, "Kibermarkaz" tomonidan ham platformada zaifliklar aniqlanmaganini ma’lum qildi.

    Boshqa yangiliklar