AsosiySport

Fabio Kannavaro qishki Olimpiada mash'ala estafetasida qatnashdi

Estafeta tantanali tarzda Neapolda yakunlangan.

'Fabio Kannavaro qishki Olimpiada mash'ala estafetasida qatnashdi'ning rasmi

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Italiyada o'tkazilayotgan Milan–Kortina–2026 qishki Olimpiya o'yinlari mash'alasi estafetasida ishtirok etdi.

23 dekabr kuni Olimpiya mash'alasi qadimiy Pompei xarobalari orqali olib o'tilib, Neapol shahrida Fabio Kannavaro va Chiro Ferraraga topshirildi.

Estafeta tantanali tarzda Neapolda yakunlangan. Qayd etilishicha, Olimpiya mash'alasi estafetasi Rojdestvo bayrami munosabati bilan vaqtincha to'xtatilgan bo'lib, 26 dekabr kuni Lazio mintaqasida davom ettiriladi.

    Boshqa yangiliklar