AsosiyDunyo

Norvegiya Rossiya tahdidi fonida evakuatsiya rejasini ishlab chiqmoqda

Hukumat ehtimoliy harbiy xavf sharoitida tinch aholini xavfsiz hududlarga ko‘chirish choralarini rejalashtirmoqda.

'Norvegiya Rossiya tahdidi fonida evakuatsiya rejasini ishlab chiqmoqda'ning rasmi

Norvegiya hukumatining Rossiya tomonidan ehtimoliy hujum sodir bo‘lgan taqdirda tinch aholini evakuatsiya qilish rejasini tayyorlamoqda. Bu haqda Norvegiya Fuqaro muhofazasi boshqarmasi rahbari Elizabet Orseter ma’lum qildi.

Uning aytishicha, reja Qurolli kuchlar va politsiya bilan hamkorlikda ishlab chiqilmoqda va avvalo Rossiyaga yaqin hududlar hamda harbiy obyektlar joylashgan manzillar xavf darajasi bo‘yicha baholanyapti. Ayniqsa, mamlakatning shimolidagi Finnmark viloyatida evakuatsiya masalasi muhokama qilingan.

Norvegiya tomon Rossiyaning Ukraynadagi tajribasidan kelib chiqib, energetika infratuzilmasi va tinch obyektlar ehtimoliy zarba ostida qolishi mumkinligini inobatga olmoqda. Shuningdek, qaysi munitsipalitetlar evakuatsiya qilingan aholini qabul qilishi mumkinligi ham aniqdanmoqda.

Ma’lum qilinishicha, evakuatsiya rejalarini ishlab chiqish va yangilash 2026 yilda Norvegiya hukumatining ustuvor vazifalaridan biri bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar