AsosiySiyosat

Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi yakunlandi

Xo'sh, O'zbekiston yetakchisining Rossiyaga tashrifi qanday o'tdi?

'Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi yakunlandi'ning rasmi

Bugun, 22 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga bo‘lgan amaliy tashrifi o‘z nihoyasiga yetdi va davlat rahbari Toshkent shahriga qaytib kelmoqda, deb xabar qilmoqda Prezident matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyevning Sankt-Peterburg shahriga amaliy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunlangan. Tashrif doirasida O‘zbekiston yetakchisi Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida nutq so‘zlagan.

Davlatimiz rahbariga, shuningdek, Qirg‘iziston va Tojikiston Prezidentlariga Lev Tolstoy nomidagi Xalqaro tinchlik mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tgan.

Bugun Prezident Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etdi va “Ermitaj” davlat muzeyi bilan tanishdi.

Shundan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrifini yakunlab, “Pulkovo” xalqaro aeroportidan Toshkentga jo‘nab ketdi. Oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi'ning rasmi

    Siyosat 22.12.2025 17:37

    Prezident MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi

    Tadbir Sankt-Peterburgdagi "Ermitaj" davlat muzeyi atrofida o'tkazildi.

    ''ning rasmi

    Siyosat 22.12.2025 00:36

    'Oʻzbekiston Yaponiya bilan turli sohalarda 12 mlrd dollarlik kelishuvlarga erishdi'ning rasmi

    Siyosat 21.12.2025 18:19

    Oʻzbekiston Yaponiya bilan turli sohalarda 12 mlrd dollarlik kelishuvlarga erishdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasining Yaponiya rasmiy tashrifi chogʻida oʻnlab sohalarda kelishuvlarga erishildi.

    'Shavkat Mirziyoyev va Yaponiya bosh vaziri qoʻshma bayonot imzoladi'ning rasmi

    Siyosat 20.12.2025 17:34

    Shavkat Mirziyoyev va Yaponiya bosh vaziri qoʻshma bayonot imzoladi

    Tokioda Shavkat Mirziyoyev va Yaponiya bosh vaziri Sanaye Takaichining muzokaralari boʻlib oʻtdi.

    '"Kantey" qarorgohida Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo'lib o'tdi.'ning rasmi

    Siyosat 20.12.2025 16:36

    'Yaponiyadagi yangi bog‘lardan biriga Samarqand nomi beriladi'ning rasmi

    Siyosat 20.12.2025 14:19

    Yaponiyadagi yangi bog‘lardan biriga Samarqand nomi beriladi

    Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida Nara shahri meri Gen Nakagavani qabul qildi.