AsosiyDunyo

Xitoy Rossiyadan rekord darajada oltin sotib oldi

Noyabr oyida Xitoy Rossiyadan 961 million dollarlik oltin xarid qildi, bu oktabrdagi 930 million dollardan ham yuqori.

'Xitoy Rossiyadan rekord darajada oltin sotib oldi'ning rasmi

Ma'lumotlarga ko'ra, 2025 yilning 11 oyi davomida Xitoy Rossiyadan 1,9 milliard dollarlik oltin import qilgan. Yanvar–sentyabr oylarida esa bu ko'rsatkich faqat 9 million dollarni tashkil qilgan. 2024 yilning oktyabr–noyabr oylarida Rossiya Xitoyga oltin eksport qilmagan.

Tahlilchilar bu o'sishni Pekinning dollardagi zaxiralardan bosqichma-bosqich voz kechish siyosati bilan izohlashmoqda. Frantsiya ekspertlari Xitoy 2025 yilda jami 250 tonnagacha oltin sotib olgan bo'lishi mumkinligini, bu rasmiy e'lon qilingan raqamlardan ancha yuqori ekanini qayd etmoqda.

Shu bilan birga, turli nashrlar Xitoyning rasmiy e'lonlari haqida turli fikr bildirmoqda va Financial Times tahlilchilari Xitoy Xalq bankining ma'lumotlariga shubha bilan qarayotganini yozgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Xoʻjaobod tumani bozorida rasta qiladimi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:20

    Xoʻjaobod tumani bozorida rasta qiladimi?

    Andijon viloyati Xoʻjaobod tumani buyum bozorida rasta qulagani haqida tarqalgan habarlarga javob berildi.

    'Putin va Makron mulogotga tayyorligini bildirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:04

    Putin va Makron mulogotga tayyorligini bildirdi

    Россия президенти Владимир Путин Франция раҳбари Эммануэль Макрон билан тўғридан тўғри суҳбатга тайёр.

    'Saudiya Arabistoni o‘lim jazosida rekord o‘rnatdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:52

    Saudiya Arabistoni o‘lim jazosida rekord o‘rnatdi

    2025 yilda Saudiya Arabistonida kamida 347 kishi o‘lim jazosiga hukm qilindi.

    'Isroil va AQSH Eronga nisbatan yangi harbiy zarbalarni muhokama qilmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:46

    Isroil va AQSH Eronga nisbatan yangi harbiy zarbalarni muhokama qilmoqda

    Isroil Bosh vaziri AQSh prezidenti bilan Eronga qarshi ehtimoliy yangi harbiy amaliyotlarni muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

    ''ning rasmi

    Dunyo 21.12.2025 21:00

    'AQSh Venesuela qirg'oqlari yaqinida yana bir neft tankerini qo'lga oldi'ning rasmi

    Dunyo 21.12.2025 19:37

    AQSh Venesuela qirg'oqlari yaqinida yana bir neft tankerini qo'lga oldi

    AQSh harbiy kuchlari Venesuela qirg'oqlari yaqinida kemani musodara qildi.