AsosiyJamiyat

Buyuk Britaniyaning sanksiyalar roʻyxatiga Oʻzbekistonning toʻrtta kompaniyasi va tadbirkorlari kiritildi

Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro'yxatini yangiladi.

'Buyuk Britaniyaning sanksiyalar roʻyxatiga Oʻzbekistonning toʻrtta kompaniyasi va tadbirkorlari kiritildi'ning rasmi

Sanksiyalar Ukrainani beqarorlashtirishda yoki Ukraina hududiy yaxlitligi, suvereniteti yoki mustaqilligiga putur yetkazish yoki tahdid solishda ishtirok etgan yoki ishtirok etayotgan, shuningdek, Rossiya hukumat faoliyatidan foyda olayotgan yoki uni qo‘llab-quvvatlayotgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.

Unga 24 nafar jismoniy va yuridik shaxs, shu jumladan, to‘rtta kompaniya va o‘zbekistonlik tadbirkor kiritilgan.

Xususan, 71 yoshli toshkentlik Mo‘minov Rustam Rahimjonovich O‘zbekiston, Rossiya va Isroil fuqaroligiga ega. Hujjatda aytilishicha, u moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish yoki bunday harakatlarga yordam berishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari, iqtisodiy resurslar, tovarlar yoki texnologiyalarni taqdim etish orqali Ukrainani beqarorlashtirishda yoki Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti yoki mustaqilligiga putur yetkazish yoki tahdid solishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etgan.

Shuningdek, ro‘yxatga quyidagilar ham kiritilgan:

Farg‘ona kimyo zavodi;

"Chemistry International" MChJ QK (Navoiy);
"Raw Materials Cellulose" MChJ (Jizzax);
"Gelion Business Trade" MChJ (Toshkent).

Asos sifatida kompaniyalar tovar yoki texnologiyalarni taqdim etish orqali Ukrainani beqarorlashtirishda yoki uning hududiy yaxlitligi, suvereniteti yoki mustaqilligiga putur yetkazish yoki tahdid solishda ishtirok etayotganligi yoki ishtirok etganligi ko‘rsatilgan.

Nizom moliyaviy sanksiyalar, jumladan, aktivlarni muzlatish, shuningdek, trast xizmatlarini ko‘rsatishni taqiqlashni nazarda tutadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Dollar kursi tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:19

    Dollar kursi tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 22 dekabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

    'Andijonda qariyb 12,5 mlrd so‘mlik oltin quymalar kontrabandasi chek qo‘yildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:38

    Andijonda qariyb 12,5 mlrd so‘mlik oltin quymalar kontrabandasi chek qo‘yildi.

    “Do‘stlik” chegarа bojxona posti yaqinida o‘tkazilgan tezkor tadbirda oltinlarni yashirin olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi.

    'Energetika sohasidagi natijalar tanqid qilindi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:53

    Energetika sohasidagi natijalar tanqid qilindi.

    Jamshid Qo‘chqorov “O‘zbekneftgaz” AJda o‘tkazilgan yig‘ilishda energetika tarmog‘ida mavjud sharoyit va imkoniyatlarga qaramay, kutlgan samaralarga erishilmayotganini qayd etdi.

    'Surxondaryoda zo‘ravonlik va tahdid orqali milliardlab so‘m talab qilgan jinoyiy guruh ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:22

    Surxondaryoda zo‘ravonlik va tahdid orqali milliardlab so‘m talab qilgan jinoyiy guruh ushlandi

    Denov tumanida fuqarolarni qoʻrqitish va zoʻravonlik orqali boyliklarini tortib olib kelgan guruhga qarshi tergov harakatlari olib borilmoqda.

    '26 yoshli erkak bir kishini o‘ldirib, yana biriga og‘ir tan jarohati yetkazdi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:02

    26 yoshli erkak bir kishini o‘ldirib, yana biriga og‘ir tan jarohati yetkazdi.

    Marhamat tumanida yuz bergan janjal fojia bilan yakunlandi.

    'Transport vazirligi binosi 187,7 mlrd so‘mga sotildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:12

    Transport vazirligi binosi 187,7 mlrd so‘mga sotildi

    Zulfiyaxonim koʻchasida joylashgan Transport vazirligiga tegishli bino ochiq auktsion orqali realizatsiya qilindi.