AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrifini Imperator Naruhito bilan uchrashuvdan boshladi

Xo'sh, ular nimani muhokama qilgan?

'Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrifini Imperator Naruhito bilan uchrashuvdan boshladi'ning rasmi

19 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Yaponiya Imperatori O‘zbekiston Prezidentining tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim voqea ekanini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev Imperator Naruhitoga chuqur hurmat-ehtiromini bildirib, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni doimiy qo‘llab-quvvatlab kelayotgani uchun minnatdorlik izhor etdi. Tomonlar o‘zbek va yapon xalqlarini yaqinlashtirib turuvchi tarixiy aloqalar, mentalitet va oilaviy qadriyatlar mushtarakligini qayd etdi.

Uchrashuvda ta’lim, kadrlar tayyorlash hamda madaniy-gumanitar almashinuvlar sohasidagi hamkorlik izchil kengayib borayotgani ta’kidlandi. Bugungi kungacha 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik mutaxassis integratsiya amaliyot o‘tagan, 440 nafardan ziyodi stipendiya asosida ta’lim olgan. O‘zbekistondagi yetti universitetda yapon tili o‘qitilmogda.

Shuningdek, Tokioda O‘zbekiston madaniyati kunlari muvaffaqiyatli o‘tkazilgani, kelgusi yili Yaponiyaning bir nechta shaharlarida O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga bag‘ishlangan arxeologik ko‘rgazma tashkil etilishi rejalashtirilgani ma’lum qilindi.

Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev Imperator Naruhitoni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident Yaponiyadagi vatandoshlar bilan uchrashdi'ning rasmi

    Siyosat 18.12.2025 19:43

    Prezident Yaponiyadagi vatandoshlar bilan uchrashdi

    Токиода яшаётган ва ишлаётган ўзбекистонликлар билан самимий мулоқот бўлиб ўтди.

    'Prezident Yaponiya yetib bordi'ning rasmi

    Siyosat 18.12.2025 18:18

    Prezident Yaponiya yetib bordi

    Davlat rahbarini “Xaneda” xalqaro aeroportida Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiyalar vaziri va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

    'Yaponiya matbuoti Oʻzbekistonni yoritdi'ning rasmi

    Siyosat 18.12.2025 16:31

    Yaponiya matbuoti Oʻzbekistonni yoritdi

    The Japan News nashrida O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi yetakchi o‘rni va Tokio uchun strategik ahamiyati tahlil qilindi.

    'Jahon banki Oʻzbekistonga 250 mln dollar ajratadi'ning rasmi

    Siyosat 17.12.2025 07:52

    Jahon banki Oʻzbekistonga 250 mln dollar ajratadi

    Xo'sh, ushbu mablag' qaysi sohalarga yo'naltiriladi?

    ''ning rasmi

    Siyosat 12.12.2025 15:45

    ''ning rasmi

    Siyosat 10.12.2025 12:40