AsosiyDunyo

Endi tibbiyot xodimlariga hujum qilganlar 12 yilgacha qamaladi

Qozog‘istonda ushbu qonun bir qator shov-shuvli voqealaridan so‘ng qabul qilindi.

'Endi tibbiyot xodimlariga hujum qilganlar 12 yilgacha qamaladi'ning rasmi

Qozog‘iston Respublikasi parlamentining Majlisi (quyi palata) tibbiyot xodimlari va tez yordam haydovchilariga nisbatan zo‘ravonlik uchun jinoyiy javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonunni qabul qildi. Bu haqda Zamon.uz nashri ma’lum qildi.

Qabul qilingan qonunga muvofiq, Jinoyat kodeksiga yangi modda kiritilib, tibbiyot xodimlariga nisbatan zo‘ravonlik alohida jinoyat tarkibi sifatida belgilandi. Og‘irlashtiruvchi holatlarda sodir etilgan zo‘ravonlik uchun 7 yildan 12 yilgacha, og‘irlashtiruvchi holatlarsiz holatlarda esa 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilmogda.

Shuningdek, tibbiyot xodimlarining hayoti va sog‘lig‘iga bevosita xavf tug‘dirmaydigan zo‘ravonlik harakatlari uchun 7 600 AQSh dollarigacha jarima, 600 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi qo‘llanilishi belgilandi. Tibbiyot xodimlariga nisbatan zo‘ravonlik bilan tahdid qilish ham jinoyat sifatida baholanib, buning uchun 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutilgan.

Mazkur qonun bir qator shov-shuvli voqealardan so‘ng qabul qilindi. Jumladan, Qo‘stanay viloyatidagi shifoxonada jarrohga qilingan hujum oqibatida u og‘ir ahvolda reanimatsiyaga yotqizilgan edi. Ushbu holatdan keyin Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev tibbiyot xodimlariga qarshi jinoyatlar uchun jazolarni kuchaytirish bo‘yicha topshiriq bergan.

Shuningdek, sog‘ligni saqlash vaziri Aqmaral Alnazarova joriy yil iyul oyida fuqarolarni tibbiyot xodimlariga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtatishga chaqirib, tibbiyot muassasalarida xavfsizlik choralari kuchaytirilganini ma’lum qilgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qirg‘iziston tashqi qarzini bir kunda to‘lashga qodir — Sadir Japarov'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:44

    Qirg‘iziston tashqi qarzini bir kunda to‘lashga qodir — Sadir Japarov

    Prezident mamlakat iqtisodiyoti barqaror o‘sayotgani va davlat qarzi keskin kamayganini ma’lum qildi.

    'Vengriya AQShdan 5 yilga suyultirilgan tabiiy gaz oladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:50

    Vengriya AQShdan 5 yilga suyultirilgan tabiiy gaz oladi

    Besh yillik shartnoma doirasida Vengriya yiliga 400 million kubometr suyuqlashtirilgan tabiiy gaz (LNG) sotib oladi.

    'Jizzzda homilador mahkumaga tibbiy yordam vaqtida ko‘rsatilmagan'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:18

    Jizzzda homilador mahkumaga tibbiy yordam vaqtida ko‘rsatilmagan

    Jizzax viloyatidagi 29-son manzil-koloniyada saqlanayotgan og‘ir ahvoldagi mahkumga shoshilinchi tibbiy yordam ko‘rsatilmagani yuzasidan Ombudsman aralashdi.

    'Qozog‘istonda sovuqdan 3 kishi halok bo‘ldi.'ning rasmi

    Dunyo 16.12.2025 13:15

    Qozog‘istonda sovuqdan 3 kishi halok bo‘ldi.

    G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida qishki ob-havo sharoitida 3 kishi sovuqdan vafot etdi.

    'ЕИ Россияга қарши 20-санкциялар пакетини тасдиқлади'ning rasmi

    Dunyo 16.12.2025 13:01

    ЕИ Россияга қарши 20-санкциялар пакетини тасдиқлади

    Yevropa Ittifoqi Rossiyaga nisbatan 20-sanksiyalar paketini qabul qildi. Yangi cheklovlar doirasida 17 nafar jismoniy va yuridik shaxs sanksiyalar roʻyxatiga kiritildi.

    'Xitoyda koʻp vaqt hojatxonada qolib ketgan xodim ishdan boʻshatildi'ning rasmi

    Dunyo 16.12.2025 00:22

    Xitoyda koʻp vaqt hojatxonada qolib ketgan xodim ishdan boʻshatildi

    Hodim bu holatni gemoroy kasalligi bilan izohlagan.