AsosiyDunyo

Vengriya AQShdan 5 yilga suyultirilgan tabiiy gaz oladi

Besh yillik shartnoma doirasida Vengriya yiliga 400 million kubometr suyuqlashtirilgan tabiiy gaz (LNG) sotib oladi.

'Vengriya AQShdan 5 yilga suyultirilgan tabiiy gaz oladi'ning rasmi

Vengriya Tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto X ma'lum qilishicha, keyingi besh yilda mamlakat umumiy 2 milliard kubometr LNG olishni rejalashtirgan. Bu qadam Vengriyaga tashqi energiya manbalarini diversifikatsiya qilish, turli sotuvchilardan va qulay narxda gaz xarid qilish imkoniyatini beradi.

Hozirda Vengriya yiliga taxminan 8 milliard kubometr gazni Rossiyadan "Turk oqimi" orqali oladi. Shu bilan birga, AQSh Vengriyaga Rossiya nefti va gazini sotib olish bo'yicha sanksiya cheklovlaridan mustaqil harakat qilishga imkoniyat bergan.

Yevropa Ittifoqi esa REPowerEU rejasi doirasida 2027 yilgacha Rossiyadan gaz importini bosqichma-bosqich to'xtatishni rejalashtirmoqda.

    Boshqa yangiliklar