AsosiyDunyo

Jizzzda homilador mahkumaga tibbiy yordam vaqtida ko‘rsatilmagan

Jizzax viloyatidagi 29-son manzil-koloniyada saqlanayotgan og‘ir ahvoldagi mahkumga shoshilinchi tibbiy yordam ko‘rsatilmagani yuzasidan Ombudsman aralashdi.

'Jizzzda homilador mahkumaga tibbiy yordam vaqtida ko‘rsatilmagan'ning rasmi

Ma’lum qilinishicha, mahkum M.B. yuqori harorat va isitma bilan ikki kun davomida turli tibbiyot muassasalariga olib borilgan, biroq ayrim muassasalarda to‘lov yoki yo‘llanma talab qilingan, boshqasida esa mutaxassis yo‘qligi sabab qabul qilinmagan.

U "chap o‘pka absessi va ikki tomonlama pnevmoniya" tashxisi bilan ogir ahvolda bo‘lgan. Holat Ombudsman nazoratiga olinib, mahkum Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filialiga yotqizilgan va zarur davolash choralari ko‘rilgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, shunga o‘xshash murojaatlar boshqa hududlarda ham uchramoqda. Jumladan, Jizzax shahar IIB vaqtincha saqlash hibsxonasi hamda Namangan viloyatidagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan, homilador ayollarning tibbiy yordamga oid shikoyatlari o‘rganilib, ulardan biri shifoxonaga joylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar