Nafaqa indeksiga ko‘ra, Gretsiya yashash xarajatlari, sog‘liqni saqlash sifat va moslashuvchan rezidentlik sharoitlari bilan yetakchilik qildi.
2026-yilgi reytingda Janubiy Yevropaning quyoshli mamlakati Gretsiya birinchi o‘rinni egalladi. Indeks nafaqaxo‘rlar uchun muhim bo‘lgan yashash narxlari, tibbiy xizmatlar sifat, uy-joy bozori, viza talablari, iqlim va mahalliy muhitga moslashish qulayligi kabi mezonlar asosida tuzilgan.
Nashrga ko‘ra, Gretsiya mehmondo‘st jamiyati, nisbatan arzon hayot tarzi hamda rezidentlik olish imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Xususan, mamlakatdagi “Oltin viza” dasturi kamida 250 ming yevrolik ko‘chmas mulk sarmoyasi evaziga yashash ruxsatnomasini olishga imkon beradi.
Avvalgi yillarda reytingda yetakchi bo‘lib kelgan Portugaliya va Ispaniya esa viza cheklovlarining kuchayishi hamda yashash xarajatlarining oshishi sabab yuqori pog‘onalarni boy berdi. Ro‘yxatdan, shuningdek, Italiya, Malayziya va Frantsiya ham o‘rin olgan.






