AsosiyJamiyat

Pora evaziga qamoqxonaga telefon olib kirgan xodim qo‘lga olindi

Markaziy tergov hibsxonasi xodimi 25 million so‘m evaziga mahbusga uyali telefon olib kirib bergani uchun ushlandi.

'Pora evaziga qamoqxonaga telefon olib kirgan xodim qo‘lga olindi'ning rasmi

Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, xodim kelishilgan 25 million so‘m mablag‘ uning plastik kartasiga o‘tkazilgani haqida akasi orqali ma’lumot olgan. Shundan so‘ng u fuqarodan uyali telefonni qabul qilib, yashirin yo‘l bilan Markaziy tergov hibsxonasiga olib kirgan.

Biroq IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushu qonunbuzarlik fosh etilgan.

Holat yuzasidan Jazoni ijro etish departamenti Markaziy tergov hibsxonasi xodimiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi tegishli qismlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Surxondaryo va Namangan viloyatlarida ham bir qator mansabdor shaxslar pora bilan qo‘lga tushgani haqida xabar berilgan edi.

    Boshqa yangiliklar