AsosiySport

JCh–2026: O‘zbekiston o‘yinlari chiptalari narxi e’lon qilindi

FIFA Jahon chempionati chiptalari narhini yana oshirdi.

'JCh–2026: O‘zbekiston o‘yinlari chiptalari narxi e’lon qilindi'ning rasmi

Portugaliya va Kolumbiyaga qarshi o‘yinlarda O‘zbekiston uchun ajratilgan chiptalar 140–700 dollar oralig‘ida sotilmoqda.

FIFA 2026-yilgi Jahon chempionati uchun chiptalar narxini guruh bosqichi qur’asidan keyin qayta ko‘rib chiqdi. Natijada talabi yuqori bo‘lgan o‘yinlar bo‘yicha tariflar keskin ko‘tarildi: ayrim oddiy o‘yinlarga ajratilgan chiptalar 700 dollar, final uchun pastki qavatdagi joylar esa 8 680 dollar qilib belgilandi. Bu oktyabr oyidagi narxdan qariyb 2 ming dollarga qimmat.

FIFA hozir tasodifiy tanlov — lotereya asosidagi sotuv bosqichini boshlagan. Muhlislar avval ariza topshiradi, keyin FIFA tasodifiy ravishda ayrimlarini tanlaydi va chiptalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kartadan to‘lab beriladi. Arizalar 2025 yil 13 yanvargacha qabul qilinadi.

Narxlarning oshishiga asosiy sabab — kuchli jamoalar ishtirokidagi o‘yinlarga bo‘lgan talabning yuqoriligi. FIFA 104 ta o‘yinning 80 tasida 1-kategoriya narxlarini oshirgan, ayrim uchrashuvlarda bu ko‘rsatkich 71 foizgacha yetgan.

O‘zbekiston o‘yinlari uchun narxlar “Oq bo‘rilar” ishtirokidagi o‘yinlar ham yuqori talab tufayli qimmat toifaga kiritilgan.

  • O‘zbekiston — Kolumbiya: eng arzon chipta 220 dollar, eng qimmati 600 dollar.
  • O‘zbekiston — Portugaliya: eng arzon chipta 265 dollar, 1-kategoriya 700 dollar.
  • O‘zbekiston — (Kongo/Yamayka/Yangi Kaledoniya): minimal narx 140 dollar, 1-kategoriya 450 dollar.

O‘zbekiston ilk o‘yinini Meksikadagi “Atsteka” stadionida Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi. Ikkinchi tur — AQShdagi “NRG” stadionida Portugaliyaga qarshi, so‘nggi bahs esa Atlantadagi “Mercedes-Benz” stadionida bo‘lib o‘tadi.

FIFA narxlar 13 yanvargacha amal qilishini ma’lum qilgan. Shundan keyin yana o‘zgarish bo‘lishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar