AsosiyJamiyat

Havo tozalanaotgan boʻlsa ham Ekoreydlar oʻtkazish toʻxtatilmadi

Avvalroq Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanishini oldini olish bo‘yicha Prezident topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida maxsus komissiya tuzilgan edi.

'Havo tozalanaotgan boʻlsa ham Ekoreydlar oʻtkazish toʻxtatilmadi'ning rasmi

Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanishini oldini olish bo‘yicha Prezident topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida maxsus komissiya tomonidan navbatdagi o‘rganishlar o‘tkazildi.

Ish jarayonida Bosh prokuror o‘rinbosari S. Samadov hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

O‘rganishlar davomida qurilish maydonlarida changlanish darajasi, chiqindilarni boshqarish tartibi va atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillar ko‘rib chiqildi.

Aholi salomatligi va shahar ekologik barqarorligini saqlash maqsadida qurilish tashkilotlariga zarur ko‘rsatmalar berildi.

Komissiya vakillarining ta’kidlashicha, qurilish jarayonida chang va zararli chiqindilar tarqalishini cheklash bo‘yicha talablarga qat’iy rioya etilishi, ish maydonlarida nazoratning kuchaytirilishi hamda profilaktik choralar muntazam davom ettiriladi.

    Boshqa yangiliklar