Yuqori Chirchiq tumanida bir oilaning uch aʼzosi uyida hushsiz holida topilib, shifoxonaga yetkazilgan. Darakchi.uz’ga Bosh prokuror matbuot kotibi holatni tasdiqladi.
Maʼlumotlarga koʻra, 25-noyabr kuni Gulobod mahallasining 68 yoshli fuqarosi U.A. hamda uning 2017 va 2013 yilda tugʻilgan ikki nevarasi tuman tibbiyot birlashmasi reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan. Ularga nomaʼlum etiologik moddadan zaharlanish tashxisi qoʻyilgan.
Koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramay, ayol va uning 8 yoshli qiz nevasi vafot etgan. 2013 yilda tugʻilgan bolaning hayoti saqlab qolingan, hozirda uning ahvoli qoniqarli ekani aytilmoqda.
Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlarini boshlagan. Shuningdek, Yuqori Chirchiq tumani hokimi tomonidan hodisa sabablarini oʻrganish boʻyicha komissiya tuzilgan.






