AsosiyDunyo

Xitoyda pora olgan amaldor qatl etildi.

"China Huarong International Holdings"ning sobiq rahbari osib o'ldirildi.

'Xitoyda pora olgan amaldor qatl etildi.'ning rasmi

Xitoyda 9 dekabr kuni kompaniyaning sobiq bosh direktori Bay Tyanxuy 1,1 milliard yuan (taxminan 156 million dollar) pora olgani uchun qatl etildi.

Tergov ma'lumotlariga ko'ra, u 2014–2018 yillarda yuqori lavozimlaridan foydalanib, katta summada pul va aktivlarni noqonuniy qabul qilib kelgan.

Bay Tyanxuy 2024 yil may oyida o'lim jazosiga hukm qilingan, fevraldagi apellyatsiyasi rad etilganidan keyin hukm Oliy sud tomonidan tasdiqlangan. Mahkumning oilasi voqeaga izoh berishdan bosh tortdi.

Bu qatl Xitoyning moliya sektoridagi kuchaytirilgan korruptsiyaga qarshi kurash jarayonidagi navbatdagi yirik ish bo'ldi.

2021 yilda "Huarong" sobiq raisi Lay Syomin 1,79 milliard yuan pora olganlikda ayblanib qatl etilgani eslatib o'tildi.

    Boshqa yangiliklar