Shofirkon tumanida yashovchi 26 yoshli erkak uyida pullik xizmatlar uchun xona ajratgani anıqlanib, sud tomonidan jazoga tortildi.
Tezkor tadbir vaqtida u tanishlariga uyidagi xonani 200 ming so‘m evaziga bergani ma’lum bo‘lgan. Sud jarayonida erkak qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybini to‘liq tan olgan.
Shofirkon tuman sudining hukmiga ko‘ra, u Jinoyat kodeksining 131-moddasi (fohishaxona saqlash yoki qo‘shmachilik qilish) bo‘yicha aybli deb topilib, 2 yil 6 oy ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Sud jarayonida olingan 200 ming so‘m pul dalil sifatida davlat hisobiga o‘tkazilgan. Aybni tan olishi va pushaymonligi esa yengillashtiruvchi holat sifatida qayd etilgan.






