AsosiyJamiyat

Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Ushbu holat yuzasidan fuqaroga Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

'Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi'ning rasmi

DXX va bojxona xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda uyidan minglab psixotrop dorilar chiqqan poytaxtlik fuqaro qo‘lga olindi.

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati boshqarmasi ma’lum qilishicha, kuzatuv ostidagi 1970 yilda tug‘ilgan shaxsning Uchtepa tumanidagi uyi ko‘zdan kechirilganda 1835 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari topilgan.

Eng e’tiborli jihati — tarkibida ko‘p miqdorda pregabalin bo‘lgan ushbu psixotrop dorilar biologik faol qo‘shimcha (BFQ) idishlariga yashirincha joylab, dorixonalarda sotish rejalashtirilgan.

Ushbu holat yuzasidan fuqaroga Jinoyat kodeksining 251¹-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va u ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Buxoroda uyida fohishaxona tashkil qilgan erkak qo'lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:19

    Buxoroda uyida fohishaxona tashkil qilgan erkak qo'lga olindi

    Sud jarayonida olingan 200 ming so‘m pul dalil sifatida davlat hisobiga o‘tkazilgan.

    'Oʻzbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni qanchaga etgani ochiqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:59

    Oʻzbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni qanchaga etgani ochiqlandi

    2025 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, mamlakatta jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalari soni sezilarli oshgan.

    '"O'zgidromet" xususiy datchiklar bo'yicha ogohlantirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:38

    "O'zgidromet" xususiy datchiklar bo'yicha ogohlantirdi

    Koʻplab shaxsiy sensorlar notoʻgʻri oʻrnatilgani sabab maʼlumotlarda katta farq kuzatilmoqda.

    'Javohir Sindorov 4-turda Karuanani mag'lub etdi'ning rasmi

    Jamiyat 08.12.2025 21:15

    Javohir Sindorov 4-turda Karuanani mag'lub etdi

    "Freestyle Chess Grand Slam" musobaqasining Keyptaunda boʻlib oʻtayotgan saralash bosqichida Javohir Sindorov qora donalarda dunyoning uchinchi raqamli shaxmatchisi Fabiano Karuanani magʻlub etdi.

    'Oʻzbekiston Rossiya makaron mahsulotlari importini oshirdi'ning rasmi

    Jamiyat 08.12.2025 17:57

    Oʻzbekiston Rossiya makaron mahsulotlari importini oshirdi

    Rossiya 2025 yilning yanvar–sentabr oylarida makaron mahsulotlari eksportini 21 foizga oshirdi.

    'Toshkentda avtobusda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi.'ning rasmi

    Jamiyat 08.12.2025 17:25

    Toshkentda avtobusda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi.

    Jabralanuvchi hodisani telefoniga suratga olgan va sudda erkak o‘z aybini tan olmagan.