O‘zbekistonliklar Yaponiyada qurilish ishlariga yuborilishi ko‘zda tutilmoqda. Migratsiya agentligi ma’lumotiga ko‘ra, bepul o‘quv kurslarini tamomlagan mutaxassislar Yaponiyada yuqori maoshli ish o‘rni bilan ta’minlanadi.
May oyida Yaponiyaning Proud Partners kompaniyasi bilan tuzilgan kelishuv doirasida haydovchilar va quruvchilarni yapon tili hamda kasbga o‘qitish belgilangan. Sentabr oyida loyihaning ramziy ochilishi o‘tkazildi va allaqachon 200 dan ortiq haydovchi uchun tanlov o‘tdi.
Qurilish sohasi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan 700 nafar nomzod 15 dekabrdan onlayn tanlovda qatnashadi. Tanlovdan o‘tganlar Angrendagi maxsus tayyorgarlik markazida 6–8 oylik bepul o‘quv kurslarida ta’lim oladi va yotoqxona bilan ta’minlanadi. O‘qish yakunlangach, ular Yaponiyada rasman ish boshlaydi.
Tanlov natijalari 20 dekabrgacha e’lon qilinadi.






