2025 yil 1 yanvardan boshlab Gruziya hududiga kiruvchi chet ellik fuqarolar majburiy tibbiy sug‘urtaga ega bo‘lishi shart bo‘ladi.
Yangi tartibga ko‘ra, ambulatoriya yordamlari uchun kamida 5 ming dollar, statsionar yordam — jumladan baxtsiz hodisalar, to‘satdan kelib chiqadigan kasalliklar va tibbiy evakuatsiya uchun 30 ming dollarlik sug‘urta polisi talab etiladi.
Sug‘urta polisini taqdim etmaganlar qoidabuzar deb topilib, 300 lari (taqriban 110 dollar) jarimaga tortilishi yoki mamlakarga kirishdan mahrum qilinishi mumkin.






