Shahar havosi PM10 miqdori 96 mkg/m³ bo‘lib, belgilangan me’yor — 300 mkg/m³ dan oshmagan. Ammo PM2.5 ko‘rsatkichi 74 mkg/m³ ni tashkil etdi, bu esa ruxsat etilgan me’yor — 60 mkg/m³ dan 1,2 baravar yuqori ekani qayd etilgan.
PM2.5 zarrachalari inson nafas yo‘llariga chuqur kirib borishi mumkin bo‘lgani sababli, ularning ortishi havoning sifat pasayganidan darak beradi. Bunday paytda ayniqsa bolalar, keksalar, shuningdek, surunkali nafas yoki yurak-qon tomir kasalliklariga ega shaxslar ehtiyot choralariga amal qilishi tavsiya etiladi.
Havo sifat avtomatik kuzatuv stansiyalari orqali doimiy monitoring qilinayotgani, olingan ko‘rsatkichlar asosida tegishli idoralarga ma’lumot etkazilib, zarur choralar ko‘rilishi bildirilgan.






