AsosiyDunyo

Rossiya xorijiy platformalarga kirishni bosqichma-bosqich cheklayapti

Xo'sh, buning sababi nima bo'lgan?

'Rossiya xorijiy platformalarga kirishni bosqichma-bosqich cheklayapti'ning rasmi

Dastlab, 28 noyabrdan boshlab WhatsApp messenjerida xabar almashish va qo‘ng‘iroq qilish xizmatlarida uzilishlar kuzatila boshlandi. Roskomnadzor axborotiga ko‘ra, platformaning Rossiya qonunchiligini buzganligi sababli unga nisbatan cheklovlar joriy etildi. Bu haqda Zamon.uz nashri xabar berdi.

Shuningdek, 3 dekabr kuni Roblox onlayn o‘yin platformasi to‘liq bloklandi. Vakolatli idora xabariga ko‘ra, xizmatda taqiqlangan kontent – xususan, “LGBT tashviqoti” elementi aniqlandi.

Oradan bir kun o‘tib, 4 dekabr kuni FaceTime va Snapchat xizmatlari ham cheklovlarga duchor qilindi. Ularning aytilishicha, FaceTimening firibgarlik va terrorchilik faoliyatini tashkil etishda, Snapchatning esa terroristik guruhlarga a’zolar yollashda foydalanilgani qayd etilgan.

Roskomnadzor xorijiy platformalar faoliyati ustidan nazorat kuchaytirilganini, milliy qonunchilik talablariga rioya qilinishi majburiyiligiini ma’lum qildi.

    Boshqa yangiliklar