AsosiyDunyo

AQSh 30 dan ortik davlatga sayohat taqiqini kengaytiradi

Trump maʼmuriyati xavfsizlik sabablarini koʻrsatgan holda taqiq qoʻllaniladigan mamlakatlar roʻyxatini sezilarli kengaytirishni rejalashtirmoqda.

'AQSh 30 dan ortik davlatga sayohat taqiqini kengaytiradi'ning rasmi

AQSh Milliy xavfsizlik vaziri Kristi Noemning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar sayohat va immigratsiya cheklovlari joriy etilgan davlatlar sonini 30 dan oshiradi. Fox Newsga bergan intervyusida vazir bu borada aniq raqamni aytmagan bo‘lsa-da, prezident Donald Trump mamlakatlarni baholashda davom etayotgani, taqiq esa immigrantlar ham, non-immigrantlarga ham birdan tatbiq etilishi qayd etildi.

Noem yangi ro‘yxatga qaysi davlatlar qo‘shilishi haqida ochiqlik kiritmagan, ammo asosiy sabab sifatida hukumat barqarorligi past bo‘lgan, o‘z xavfsizligini ta’minlay olmaydigan mamlakatlar tilga olindi.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Trump 12 davlat fuqarolarining AQShga kirishini to‘liq taqiqlovchi, yana 7 davlatga nisbatan esa cheklovlar o‘rnatgan farmonni imzolagan edi. Bu choralar “xorijiy terrorchilar” va boshqa xavfsizlik tahdidlariga qarshi himoya sifatida izohlangan.

So‘nggi haftalarda Oq uy yaqinida ikki Milliy gvardiyachining otib o‘ldirilishi oqibatida Trump ma’muriyati migratsiya qoidalarini yanada qat’iylashtirishga kirishdi. Shundan keyin prezident ayrim “uchinchi dunyo mamlakatlari”dan migratsiyani to‘xtatishini e’lon qilgan, 19 davlat fuqarolarining immigratsiya arizalarini ko‘rib chiqish esa vaqtincha to‘xtatilgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo 04.12.2025 18:53

    ''ning rasmi

    Dunyo 04.12.2025 04:44

    'Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi'ning rasmi

    Dunyo 03.12.2025 22:45

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

    Тошкентга Ҳукуматлараро комиссия йиғилишида иштирок этиш учун келган Денис Мантуров бошчилигидаги Россия делегацияси Президент томонидан қабул қилинди.

    'Sirdaryodagi portlash bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi'ning rasmi

    Dunyo 03.12.2025 17:33

    Sirdaryodagi portlash bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi

    Guliston shahridagi ovqatlanish shoxobchasida yuz bergan portlash oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan.

    'Майли Сайрус турмушга чиқаётганини маълум қилди'ning rasmi

    Dunyo 03.12.2025 16:56

    'Isroil hujumida o‘tin terishga chiqqan ikki bola halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 03.12.2025 14:55

    Isroil hujumida o‘tin terishga chiqqan ikki bola halok bo‘ldi

    Gazoda “sariq chiziq” yaqinida yuz bergan hodisa yana tinch aholi qurbonlari sonini oshirdi.