AsosiyJamiyat

Gulistondagi portlashda halok bo‘lganlar oilasiga 100 million so‘mdan beriladi

Mas'ul idoralarga ushbu baxtsiz hodisa sabablarini tez fursatlarda aniklab, qonun ustuvorligini ta'minlash topshirildi.

'Gulistondagi portlashda halok bo‘lganlar oilasiga 100 million so‘mdan beriladi'ning rasmi

Guliston shahri Taraqqiyot mahallasidagi buyum bozori hududida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida gaz ballon portlashi oqibatida halok bo‘lganlarning oilasiga 100 million so‘mdan beriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 4 dekabr kuni Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qildi.

Prezident ularning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirdi. Uch kun muddatda qurbon bo‘lganlarning oilasiga 100 million so‘mdan moddiy yordam ajratish topshirildi.

Topshiriqqa ko‘ra, Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi direktori boshchiligida 10 nafar malakali shifokorlar brigadasi jabr ko‘rganlarga bepul sifatli tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatmoqda.

Mas’ul idoralarga usbu baxtsiz hodisa sabablarini tez fursatlarda aniklab, qonun ustuvorligini ta’minlash topshirildi.

Umuman, usbu fojia favqulodda vaziyatlar tizimi uchun katta saboq bo‘lishi kerakligi qayd etildi. Qish oylarida bunday hodisalarning oldini olish bo‘yicha barcha mas’ullar 24 soatlik ish rejimiga o‘tishi zarurligi aytildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Samarqandda tadbirkor choʻchqalarni boqish uchun havoga zararli moddalar tarqatdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 20:48

    Samarqandda tadbirkor choʻchqalarni boqish uchun havoga zararli moddalar tarqatdi

    Kеlib tushgan murojaatga asosan tuman hokimi tegishli mas’ullar hamrohligida ushbu hududda o‘rganish olib borgan.

    'Green Card uchun roʻyxatdan oʻtish boshlandimi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:00

    Green Card uchun roʻyxatdan oʻtish boshlandimi?

    AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi tarqalayotgan maʼlumotlarga rasmiy munosabat bildirdi.

    'Gulistondagi portlash qurbonlari oilasiga moddiy yordam beriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:08

    Gulistondagi portlash qurbonlari oilasiga moddiy yordam beriladi

    Prezident mas’ullarga jabrlanganlarga zarur barcha tibbiy yordam ko‘rsatilishini qat’iy nazoratga olish boyicha topshiriq berdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:42

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:07

    'Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:07

    Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

    Turdimov ushbu lavozimga viloyat Xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ovoz berish natijalariga ko‘ra tasdiqlandi.