AsosiyJamiyat

Sirdaryoga katta rejalar bilan keldik — Prezident

Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryoga tashrifi boshlandi. Safarning birinchi manzili "River Med Pharm" korxonasi bo‘ldi.

'Sirdaryoga katta rejalar bilan keldik — Prezident'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4 dekabr kuni Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Safarning birinchi manzili Sirdaryo tumanidagi “River Med Pharm” korxonasi bo‘ldi.

Mazkur korxona mamlakatiyimizda infuzion dori vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchilardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan infuzion eritmalarning 20 foizi aynan ushbu korxonaga to‘g‘ri keladi.

Bunday dori vositalari bemor hayoti uchun eng muhim tibbiy mahsulotlardan biri sanaladi. Ularni tayyorlash oddiy tabletka ishlab chiqarishdan ancha murakkab. Chunki bu turdagi eritmalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri qon tomirlariga yuboriladi. Demak, ular mutlaq steril sharotitda, yuqori aniqlik va xalqaro standartlarga to‘liq javob bergan holda ishlab chiqarilishi shart.

Loyihaning umumiy qiyati 30 million dollardan ortiq bo‘lib, hozirgi kunda korxonada 750 nafar odam doimiy ish bilan ta’minlangan. Korxona yiliga 135 milliard so‘mlik qiyatda 70 turdagi, umumiy hisobda 114 million dona dori vositalarini ishlab chiqarmoqda. Mahsulotlarning 20 foizi eksport qilinayotgani korxonaning xalqaro raqobatbardoshligini ko‘rsatadi.

Noyabr oyida loyihaning ikkinchi bosqichi ishga tushirilib, ishlab chiqarish quvvatlari yanada kengaytirildi. Korxona 30 million dona infuzion eritmalar, 70 million donadan ortiq quruq antibiotiklar va qariyb 20 million dona ko‘z-burun tomchilarini ishlab chiqaradi.

Davlat rahbariga korxona mahsulotlari va navbatdagi rejalari haqida ma’lumot berildi.

Kelgusida korxonada ishlab chiqariladigan mahsulot turlari 200 xilga etkaziladi. Bu bosqichda shisha va plastik idishlardagi inektsiya uchun eritmalar, shuningdek, tabletka hamda kapsulalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Ish o‘rinlarining soni mingtaga oshiriladi.

Prezident shu yerda viloyat faollari va nuro‘nlar bilan mulogot qildi.

Iqtisodiyot, sanoat, qishloq xo‘jaligi, yoshlar tarbiyasi va hududning kelajagiga oid muhim masalalar yuzasidan ochiq suhbat bo‘ldi. Davlatimiz rahbari odamlardagi tashabbuskorlik islohotlar samarasini oshirishda hal qiluvchi omil ekanini ta’kidladi.

– O‘zgarishlar, avvalo, mahallalarda sezilishi kerak. Sizlar odamlar bilan doimiy mulogotda bo‘lib, yoshlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishingiz zarur. Hammamiz uyg‘oq va faol bo‘lsak, harakatlarimiz, olib borayotgan islohotlarimiz albatta natija beradi. Sirdaryoga katta rejalar bilan kelganmiz. Sizlarni eshitib, bamaslahat bu rejalarni amalga oshiramiz, – dedi Prezident.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:56

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:47

    'Koreyada ishlayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:00

    Koreyada ishlayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

    Janubiy Koreyada E-7 va E-9 vizalari bilan ishlayotganlar orasida norasmiy ishlarga o‘tib ketish holatlari ko‘paygani aytilmoqda.

    'Havo tozaligini taʼminlash uchun qancha mablagʻ ajratilishi aytildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:29

    Havo tozaligini taʼminlash uchun qancha mablagʻ ajratilishi aytildi

    Oʻzbekistonda havo tozaligini taʼminlash uchun mablagʻlar Davlat maqsadli jamgʻarmasiga ekologik muammolarni hal qilish uchun ajratiladi.

    'Andijonda "tandirbuzar" hokim "hayfsan" oldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:52

    Andijonda "tandirbuzar" hokim "hayfsan" oldi

    Avvalroq, Shahrixon tumanida hokim ko‘rsatmasiga asosan, ko‘chada somsa pishirilayotgan tandirlarga zarar yetkazilganligi aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

    'Ziroat Mirziyoyeva 60 yoshni qarshi oladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:14

    Ziroat Mirziyoyeva 60 yoshni qarshi oladi

    Oʻzbekistonning birinchi xonimi Ziroatxon Mirziyoyeva bugun, 4 dekabr kuni 60 yoshni nishonlamoqda.