3 dekabr kuni soat 11:20 da Mirobod tumanidagi Yangi zamon — Eski Sarakul ko‘chalari chorrahasida Cherry rusumli avtomobil haydovchisi tartibga solingan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan fuqaroni urib yubordi.
Hodisa oqibatida jabrlanganga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Toshkent shahar IIBB YHHB holat bo‘yicha tergovga qadar surishtiruv ishlari boshlanganini ma’lum qildi.
Yo‘l patrul xizmati barcha haydovchi va piyodalardan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etishni so‘ramoqda.






