AsosiyDunyo

Isroil hujumida o‘tin terishga chiqqan ikki bola halok bo‘ldi

Gazoda “sariq chiziq” yaqinida yuz bergan hodisa yana tinch aholi qurbonlari sonini oshirdi.

'Isroil hujumida o‘tin terishga chiqqan ikki bola halok bo‘ldi'ning rasmi

Gazo sektorida o‘tin terishga chiqqan 8 yoshli Fadi va 10 yoshli Jumaa Isroil droni hujumi oqibatida halok bo‘ldi. CNN xabariga ko‘ra, ular nogiron otasiga yordam sifatida ertalab o‘tin izlab chiqqan, biroq qaytib kelmagan. Tez orada qo‘shnilar ularning Isroil askarlari tomonidan o‘ldirilgani haqida xabar bergan.

Bolalarning otasi Tamer Abu Assi ularni qabrdan oldin ko‘rib, jasadlari tan jarohatlaridan ayanchli holga kelganini aytib berdi.

Isroil armiyasi hujumni tan olib, bolalarni "sariq chiziqni kesib o‘tib, askarlarga bevosita tahdid solgan shubhali shaxslar" deb atadi.

Bani Suheyla shahri Isroil kuchlari nazoratidagi "sariq chiziq" yaqinida joylashgan. Hududda belgilarning yetishmasligi sababli uning aniq chegarasi falastinliklar uchun noma'lum. O‘t ochishni to‘xtatish rejimi amal qilayotgan bo‘lsa-da, aynan shu hududda ko‘plab tinch aholi vakillari o‘ldirilgani qayd etilgan.

Qurbonlar soni ortib bormoqda

Falastin Sog‘ligni saqlash vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, Gazodagi urush boshlanganidan beri 70 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan. Ulardan 20 ming nafari bolalar, 10 ming nafari ayollar.

Vayronalar ostidan jasadlarni qidirish davom etayotgani uchun qurbonlar soni yanada oshishi kutilmoqda — o‘t ochishni to‘xtatish rejimi boshlanganidan beri 600 dan ortiq jasad topilgan, yana 10 minggacha jasad qum ostida qolgan bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, rejim boshlangandan buyon Isroil kuchlari tomonidan 350 dan ortiq falastinlik o‘ldirilgani aytilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Klodiya Sheynbaum Elon Maskni sudga berishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:24

    Klodiya Sheynbaum Elon Maskni sudga berishi mumkin

    Илон Маск Мексика президентини наркокартеллар билан алоқадорликда айблаганидан кейин ҳукумат ҳуқуқий чоралар масаласини кўриб чиқмоқда.

    'Kim Chen In 13 yoshli qiziga yadroviy kuchlar nazoratini topshirgani aytildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:40

    Kim Chen In 13 yoshli qiziga yadroviy kuchlar nazoratini topshirgani aytildi

    Janubiy Koreya razvedkasiga ko‘ra, uning qizi Kim Ju Ye raketa dasturi bilan bog‘liq yuqori lavozimni egallagan va harbiylarga ko‘rsatmalar bermoqda.

    '10 kunlik ultimatum: Donald Trump Erondi kelishuv yoki zarba o'rtasida tanlovga majbur qilmogda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 06:56

    ''ning rasmi

    Dunyo 24.02.2026 14:27

    ''ning rasmi

    Dunyo 24.02.2026 05:08

    'Трамп қароргоҳига бостириб киришга уринган 20 ёшли шахс отиб ўлдирилди'ning rasmi

    Dunyo 23.02.2026 04:34

    Трамп қароргоҳига бостириб киришга уринган 20 ёшли шахс отиб ўлдирилди

    AQSH Maxfiy xizmati Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohi hududiga qurolga o'xshash buyum bilan kirishga urinagan erkakni otib o'ldirdi.