AsosiyJamiyat

Oʻzbekiston Tailand, Indoneziya va Shri-Lankadagi toshqinlar boʻyicha hamdardlik bildirdi

Osiyo mamlakatlarida yog‘ingarchilik va toshqinlar oqibatida ko‘plab odamlarning halok bo‘lgani O‘zbekiston tomonidan chuqur qayg‘u bilan qabul qilindi.

'Oʻzbekiston Tailand, Indoneziya va Shri-Lankadagi toshqinlar boʻyicha hamdardlik bildirdi'ning rasmi

TIVning bildirishicha, Indoneziya, Tailand va Shri-Lankada sodir bo‘lgan kuchli yog‘ingarchilik hamda suv toshqinlari keng talafotlarga sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan, jarohatlanganlarga esa tez shifo tilagan.

Ushbu mamlakatlardagi O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari favqulodda vaziyat bo‘yicha mahalliy hokimiyatlar bilan doimiy aloqada.

Hozircha qurbonlar yoki jarohat olganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan.

    Boshqa yangiliklar