AsosiyDunyo

Trump Maduroga Venezuelani tark etish uchun muhlat berdi

Lekin Oq uy Venesuela rahbarining zudlik bilan iste'fosida qat'iy pozitsiyani saqlab qolgan.

'Trump Maduroga Venezuelani tark etish uchun muhlat berdi'ning rasmi

21 noyabr kuni AQSh prezidenti Donald Trump Venezuela prezidenti Nikolas Maduro bilan o‘tkazgan telefon mulogoti davomida unga oilasi bilan birgalikda mamlakatni tark etishi uchun juma kunigacha muddat berdi. Bu haqda Zamon.uz ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, suhbat 15 daqiqa davom etgan bo‘lib, Trump Maduroning ilgari surgan aksariyat takliflarini rad etgan. Shunga qaramay, AQSh rahbari unga oilasi bilan xavfsiz tarzda mamlakatdan chiqib ketish uchun bir haftalik imkon taqdim etishga rozilik bildirgan.

Belgilangan muddat 28 noyabr, juma kuni yakunlanganidan so‘ng, ertasi kuni — shanba kuni Venezuela havo hududi yopilganligi e’lon qilingan.

Agentlik manbalariga ko‘ra, Maduro vitse-prezident Delsi Rodrigesga yangi saylovlar jarayoni vaqtida muvaqqat ma’muriyatni boshqarish imkoniyatini taklif qilgan.

CNN ning yozishicha, Maduro o‘z lavozimini tark etishga tayyorligini bildirgan, biroq buni darhol amalga oshirish mumkin emasligini, 18 oygacha muddat talab etilishini qayd etgan.

Telekanalning ta’kidlashicha, AQSh rasmiylari orasida bu taklifni muqobil yechim sifatida ko‘ruvchilar bo‘lgan. Biroq Oq uy Venezuela rahbarining zudlik bilan iste’fosida qat’iy pozitsiyani saqlab qolgan.

    Boshqa yangiliklar