AsosiyDunyo

Erkak oila qurishni taklif qilgan sevgilisini tiriklay yoqdi

Бунинг сабаби сифатида у уйланган бўлганини кўрсатган.

'Erkak oila qurishni taklif qilgan sevgilisini tiriklay yoqdi'ning rasmi

Hindistonda taxi haydovchisi o‘ziga uylanish taklifini talab qilib bosim o‘tkazgan sevgilisini yoqib yubordi. Bu haqda “The Times of India” ma’lum qildi.

Nashrning yozishicha, politsiya Maharashtra shtatidagi 33 yoshli erkakni 26 yoshli sevgilisini o‘ldirgani uchun hibsga olgan. Joriy yilning 26 noyabr kuni ayol uyga qaytmagach, qarindoshi politsiyaga murojaat qilgan.

Aniqlanishicha, o‘sha kuni ayol o‘g‘lini maktabga olib borib, so‘ng taxi haydovchisi bo‘lgan sevgilisi bilan uchrashgan. Erkak uni o‘z tug‘ilib o‘sgan qishlog‘iga olib borishni va’da qilgan, ammo buning o‘rniga shahardan tashqariga olib chiqib, bo‘g‘gan va temir truba bilan kaltaklagan. Keyin mashinasidan benzin chiqarib, ayolni yoqib yuborgan. 27 noyabr kuni politsiya ayolning qisman kuygan jasadini topgan.

Dastlab gumonlanuvchi jinoyatga aloqasi yo‘qligini aytgan, biroq uzoq davom etgan so‘roqdan so‘ng, u bir necha yildan beri jabrlanuvchi bilan munosabatda bo‘lganini va ayol undan uylanishni talab qilganini tan olgan. Erkak oldinroq boshqa ayolga uylanganligi uchun munosabatni tugatishga qaror qilgan va undan butunlay qutulish uchun o‘ldirganini aytgan.

    Boshqa yangiliklar