Hisobotga ko‘ra, 1 kg palov tayyorlash eng arzon Qoraqalpog‘iston Respublikasida (98 100 so‘m), eng qimmat esa Toshkent shahrida (116 100 so‘m) qayd etilgan. Viloyatlar bo‘yicha xarajatlar 104 ming so‘mdan 115 ming so‘mgacha o‘zgarib turadi.
Hududlar bo‘yicha 1 kg palov tayyorlash qiymati:
Qoraqalpog‘iston R. — 98 100 so‘m
Sirdaryo viloyati — 104 100 so‘m
Andijon viloyati — 105 800 so‘m
Xorazm viloyati — 106 600 so‘m
Buxoro viloyati — 107 500 so‘m
Namangan viloyati — 108 600 so‘m
Navoiy viloyati — 109 200 so‘m
Jizzax viloyati — 109 300 so‘m
Qashqadaryo viloyati — 111 100 so‘m
Surxondaryo viloyati — 111 400 so‘m
Toshkent viloyati — 112 000 so‘m
Samarqand viloyati — 112 500 so‘m
Farg‘ona viloyati — 115 200 so‘m
Toshkent shahri — 116 100 so‘m
Ta’kidlanishicha, ushbu qiymatlar hududlarda tayyor palov narxini anglatmaydi — ularga mahsulotlar qiymati bilan birga pishirish va boshqa xizmat xarajatlari ham qo‘shilgan.






