Yanvar–oktyabr oylarida mamlakatning umumiy import hajmi 37,5 mlrd dollarga etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16,9 foizga ko‘paydi. Shu vaqt davomida O‘zbekiston 177 ta davlatdan tovar va xizmatlar xarid qilgan.
Qo‘mitaning ma’lumotiga ko‘ra, importda eng katta ulush quyidagi davlatlarga to‘g‘ri kelgan:
Xitoy — 11,5 mlrd dollar
Rossiya — 7 mlrd dollar
Qozog‘iston — 2,7 mlrd dollar
Turkiya — 1,5 mlrd dollar
Koreya Respublikasi — 1,4 mlrd dollar
Germaniya — 953,9 mln dollar
Hindiston — 941,7 mln dollar
Turkmaniston — 753,2 mln dollar
Belarus — 632,5 mln dollar
AQSh — 614,4 mln dollar
Boshqa davlatlar — 9,6 mlrd dollar
Raqamlar yaxlitlangan.






