DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda hokim yordamchisi so‘ralgan pulni vositalari orqali olayotganda qo‘lga olingan.
Ma’lum bo‘lishicha, u ilgari ham bir necha bor sudlangan bo‘lib, bu safar ham qilgan ishidan xulosa chiqarmagani ko‘rinadi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28, 211-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan, tergov harakatlari davom etmoqda.






