AsosiyJamiyat

Fargʻona neftni qayta ishlash zavudiga chaqaloq koʻmib ketildi

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko'ra, chaqaloq 3-4 oylik o'g'il bola.

'Fargʻona neftni qayta ishlash zavudiga chaqaloq koʻmib ketildi'ning rasmi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida chaqaloq jasadi topilganligi haqidagi xabarlar tarqalgan. Ushbu holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 28-noyabr kuni Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi hududida yer maydoniga homila ko‘mib ketilganligi aniqlangan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotnomasida, homila o‘g‘il bola jinsiga mansub 3-4 oylik ekanligi keltirilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovgacha qadar tekshiruv harakatlari olib borilmog‘da, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar