Euronews’ning xabar berishicha, halok bo‘lganlarning to‘qqiz nafari voqea joyida, to‘rt nafari esa shifoxonaga yetkazilganidan so‘ng vafot etgan. Bino ta’mirlash maqsadida bambukli to‘siqlar bilan o‘ralgani sababbi alanga qisqa fursatda bir necha qavatga tarqalgan.
Yong‘inni o‘chirish uchun 128 ta o‘t o‘chirish mashinasi va 57 ta tez yordam mashinasi safarbar etilgan. Yong‘in xizmati direktori Endi Yeung hodisa qurbonlari orasida bir o‘t o‘chiruvchi ham borligini, yana biri issiqlik urishidan davolanayotganini ma’lum qildi.
Politsiya binolarda qolib ketganlar haqida ko‘plab murojaatlar olgan. Tuman kengashi a’zosi Lo Hyu-fungning aytishicha, ularning aksariyati keksa yoshli fuqarolar bo‘lishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, majmua sakkiz blokdan iborat bo‘lib, taxminan 2000 xonadon va 4800 nafar aholini o‘z ichiga oladi. Ko‘chirilganlar uchun vaqtinchalik boshpanalar tashkil etilgan.






