Cristiano Ronaldo Portugaliya terma jamoasining Millatlar ligasidagi gʻalabasini nishonlash maqsadida har bir jamoadoshiga “Jacob & Co” brendidan maxsus tayyorlangan hashamatli soatlarni yubordi. “Sports Casting”ning yozishicha, har bir soatning qiyimati 280 mingdan 400 ming dollargacha etadi. Jurnalist Nuno Luzning maʼlum qilishicha, Ronaldo bu noyob sovgʻalarni oʻzining yaqin doʻsti — mashhur soatsuz Jacob Aroboga shaxsan buyurtma qilgan. Soatlar futbolchilarning ismlari bilan bezatilgan boʻlib, ular Armanistonga qarshi JCh–2026 saralash oʻyini oldidan yetkazilgan. Ronaldo shu turdagi soatni fojiali avtohalokatda vafot etgan Diogo Jota xotirasi uchun uning oilasiga ham yubordi. Jota halok boʻlishidan bir oy oldin Portugaliya bilan Millatlar ligasi finalida Ispaniyani magʻlub etgan tarkibda oʻynagan edi. Qabr marosimida ishtirok etmaganligi uchun tanqidga uchragan Ronaldo keyinroq Piers Morganga bergan intervyusida bu qarorini izohlab, eʼtiborni marhumning oilasidan chalgʻitishni istamaganini aytgan.
Boshqa yangiliklar

Dunyo Bugun 13:42
Xitoyda sinov poyezdi 11 ishchini bosib ketdi
Yunnon provinsiyasida yuz bergan hodisada yana ikki kishi jarohat olgan.

Dunyo Bugun 12:07
Trumpga qarshi Jorjiada qoʻyilgan ayblovlar bekor qilindi
Prokuratura ishni davom ettirish "natija bermasligini" ma'lum qildi.

Dunyo Bugun 11:32
Bishkekda Putinga qomuz chalish bo‘yicha master-klass o‘tkazildi
KXHT sammiti oldidan etakchilarga etnomadaniy dastur namoyish etildi.

Dunyo Bugun 10:51
Prezident Embalo hokimiyatdan agʻdarildi
Mamlakatda siyosiy institutlar faoliyati to'xtatildi, chegaralar yopildi.

Dunyo Bugun 09:54
Ekologik choralar samara bera boshladi
Keskin chora-tadbirlar fonida havo sifati sezilarli ravishda yaxshilanyapti.

