AsosiyDunyo

Prezident Embalo hokimiyatdan agʻdarildi

Mamlakatda siyosiy institutlar faoliyati to'xtatildi, chegaralar yopildi.

'Prezident Embalo hokimiyatdan agʻdarildi'ning rasmi

Gvineya-Bisauda harbiylar prezident Umaru Sisoku Embaloni hokimiyatdan agʻdardilar. Harbiy hukumat bu qarorni saylov natijalarini manipulyatsiya qilish va mamlakatda beqaror vaziyat yuzaga keltirish rejasi aniqlangani bilan izohladi.

Bayonotga koʻra, barcha siyosiy institutlar vaqtincha toʻxtatilgan, dengiz, havo va quruqlik chegaralari yopilgan. Poytaxt Bisada otishma ovozlari eshitilgani xabar qilindi. Prezident, Ichki ishlar vaziri va armiya bosh qoʻmondoni Prezident saroyida qoʻlga olingan, ularga shikast yetmagan aytilmoqda.

Germaniya TIV vaziyatni "beqaror" deb baholab, oʻz fuqarolariga namoyishlar boʻlib oʻtayotgan hududlardan uzoq turishni tavsiya qildi. 23 noyabrda oʻtgan prezidentlik va parlament saylovlarida ham Embalo, ham uning raqibi Fernandu Diash de Koshta oʻzini gʻolib deb eʼlon qilgan edi. Rasmiy natijalar 27 noyabrda eʼlon qilinishi kutilgan.

Embalo 2020 yildan buyon prezident lavozimida edi. Uning muddati bir necha oy avval tugagan, oʻtgan yil oxirida esa u parlamentni tarqatib yuborgan. Tanqidchilar uni muxolifatni bostirish va faollarni taʼqib qilishda ayblab kelgan.

    Boshqa yangiliklar