O'zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati xalqaro terroristik tashkilotlar bilan bog'liqligi uchun 25 yildan ortiq vaqt qidiruvda bo'lgan fuqaroni noyabr oyida xorijda ushlab, mamlakatga qaytardi.
Ma'lumotlarga ko'ra, u 1999 yilda O'zbekistondan chiqib ketib, Afg'oniston, Pokiston va Suriyadagi turli terroristik guruhlar safida jangovar harakatlarda ishtirok etgan.
Shaxs boshqa nomga rasmiylashtirilgan soxta hujjatlar bilan yashirinib yurgani holda MDH davlatlaridan birida qo'lga olingan.
Unga nisbatan terrorizm, yollanish va konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish kabi bir qator moddalar bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.






