Piyodalar yo‘lagidan yo‘lni kesib o‘tayotgan xodimni tegishli hujjatlari bo‘lmagan haydovchi Onix mashinasida urib ketgan.
YTH 2025 yil 25 noyabr kuni kechki payt Namangan shahrida sodir bo‘lgan. Navoiy viloyati IIB YHYXB xodimi Doniyor Nurullayev yo‘lni piyodalar yo‘lagidan kesib o‘tayotgan vaqtida uni Onix mashinasi urib ketgan.
Onix'ni haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit boshqargani aytilmoqda. YPYaX xodimi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Doniyor Nurullayev Namangan shahriga davolanish va sog‘lig‘ini tiklash maqsadida borgan.
Doniyor Nurullayevning vafoti Navoiyda janoga xabarlari berib boriladigan Telegram kanalida ham e’lon qilindi. Qayd etilishicha, 28 yoshli YPYaX xodimi ikki farzandning otasi bo‘lgan.
Namanganda 4 kun oldin, 21 noyabr kuni ham xizmat olib borayotgan YPYaX xodimi Onix urib ketishi oqibatida halok bo‘lgandi. Unda ham mashinani tegishli hujjatlari bo‘lmagan haydovchi boshqargan.






