DXX, IIV va Departament xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirlar natijasida jami 9 ming AQSh dollari miqdoridagi pora olish paytida ayblanuvchilar qo‘lga olindi.
Birinchi holatda Toshkent viloyati hokimligi bosh mutaxassisi, xususiy notarius yordamchisi, rieltor va yana bir shaxs tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kirgani aytilmogda.
Ular Chirchiq shahridagi MChJga tegishli 8,5 gektar yer maydonini 6,8 million dollarga sotib berish va zarur ruxsatnomalarni olib berish bahonasida 500 ming dollar pora talab qilgan.
Ushbu summa hisobidan 160 ming dollarni qabul qilib olgan vaqtda ular ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Ularning ishi Jinoyat kodeksining 168 va 211-moddalari bo‘yicha tergov qilinmogda.
Ikkinchi holatda Yashnobod tumani hokimligi bosh yuriskonsulti sudning tadbirkor foydasiga chiqargan qaroridan shikoyat bermaslik evaziga 5 ming dollar talab qilgan.
Tezkor tadbir paytida u 4 ming dollarni qabul qilib olgan vaqtida ushlangan. Ayblanuvchiga Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.






