Cristiano Ronaldo va Jorjina Rodrigesning kutulgan to‘yi Portugaliyada o‘tadi. "Jornal da Madeira"ning yozishicha, marosim futbolchining tug‘ilgan shahri Funchalda, 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyin yozda tashkil etiladi.
Ma’lumotga ko‘ra, nikoh Funchal katolik cherkovining markaziy ibodatxonasida o‘tkazilishi, tantana esa shahardagi hashamatli mehmonxonalaridan birida davom etishi rejalashtirilgan.
Avvalroq Ronaldo avgust oyida uzoq yillardan beri birga bo‘lgan sevgilisi Jorjina Rodrigesga rasman uylanish taklifini berganini ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilgan edi.
Ronaldo va Jorjina 2016 yildan beri birga. Ular futbolchi "Real Madrid" safida o‘ynagan davrda, Jorjina esa Madriddagi Gucci do‘konida ishlagan paytda tanishgan. Juftlik 2017 yil boshida ilk farzandlari Alana Martinaga ota-ona bo‘lganidan keyin munosabatlarini ommaga oshkor qilgan.
Cristiano Ronaldo besh nafar farzandning otasi hisoblanadi: Cristiano Junior (2010), Evu va Mateo (2017), Alana Martina (2017) va Bella Esmeralda (2022).
Eslatib o‘tamiz, juftlik yaqinda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasining AQShga tashrifi munosabati bilan Oq uyda bo‘lib o‘tgan rasmiy kechki qabulda ishtirok etgan edi.






