AsosiyJamiyat

Novza bekatida ayolga yopishgan yosh yigit 5 sutkaga qamaldi

Toshkent metrosida ayolning orqasiga tegib, jinsiy tusdagi xatti-harakat qilgan 21 yoshli yigit ma'muriy tartibda jazolandı.

'Novza bekatida ayolga yopishgan yosh yigit 5 sutkaga qamaldi'ning rasmi

Chilonzor tumanidagi "Novza" bekatida 12 noyabr kuni 21 yoshli A.A. metro ichida Z.O. ismli ayolning orqa qismiga jinsiy a'zosi bilan ataylab tegib, unga nisbatan shahvoniylik qilgan.

Sud majlisida u aybini tan olib, qilgan ishidan pushaymon ekanini bildirgan bo'lsa-da, sud dalillarni to'liq tasdiqlangan deb topdi.

Natijada A.A. MJtKning 411-moddasi 1-qismi bo'yicha aybli deb topilib, 5 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar