Fransiyaning Mayoly Pharma France kompaniyasi "SMECTA/SMEKTA" tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari mahalliy tashkilot tomonidan buzilayotgani yuzasidan Adliya vazirligiga murojaat qildi.
Aniqlanishicha, "A. O." MChJ tomonidan "SMECTA/SMEKTA" tovar belgisiga fonetik jihatdan o‘xshash bo‘lgan "AKTIV SMEKTA" nomi ostida 1000 dona kontrafakt mahsulot ishlab chiqarilgan.
Mazkur holat yuzasidan "A. O." MChJga nisbatan BHMning 100 baravari (41 mln so‘m) miqdorida ma’muriy jazo qo‘llanilgan.
Shuningdek, korxonaga "SMECTA/SMEKTA" tovar belgisiga bo‘lgan huquqlarni buzuvchi barcha harakatlarni to‘xtatish buyurildi.






