Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, 23 noyabr kuni Botken viloyati, Sulukta shahridagi Aydarkan konida yer qatlamining qulashi ro‘y bergan. Qulash oqibatida to‘rt nafar konchi taxminan 110 metr chuqurlikda yer ostida qolib ketgan.
Qutqaruvchilar voqea joyiga yetishi bilan maxsus trubka orqali konchilarga kislorod etkazilgan, shundan keyin vayronalar bosqichma-bosqich tozalab borilgan. Tog‘-kon qutqaruv xizmati xodimlari soat 23:05 da konchilarga etib borib, ularni tirik holatda yer yuzasiga olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.
Vazirlikka ko‘ra, qutqaruv amaliyoti davomida hech kimning hayoti xavf ostiga qo‘yilmagan. Holat yuzasidan tegishli organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmogda.






