AsosiyDunyo

Yamanda Isroilga josuslik ayblangan 17 kishi qatl etiladi

Husiylar sudi AQSh, Isroil va Sauudiya Arabistoni razvedkasi bilan hamkorlik qilganlikda ayblangan guruhga hukm chiqardi.

'Yamanda Isroilga josuslik ayblangan 17 kishi qatl etiladi'ning rasmi

Sanaadagi Maxsus jinoyat sudi 22 noyabr kuni "josuslik guruhlari" ishi bo‘yicha hukm e’lon qilib, Isroil va g‘arbiy ittifoqchilar nomidan ma’lumot to‘plaganlikda ayblangan 17 nafar yamanlikni jamoat joyida otib o‘ldirishga qaror qildi. Yana bir erkak va ayol 10 yilga qamaldi, yana bir kishi esa ayblovlardan oqlandi.

Prokurorlar ayblanuvchilarni 2024–2025 yillarda AQSh, Isroil, Sauudiya Arabistoni va Buyuk Britaniya foydasiga josuslik qilganlikda ayblamoqda. Sud hukmiga ko‘ra, ular apellyatsiya berishi mumkin.

Al Jazeera’ning yozishicha, "Mossad" ayblanayotganlar bilan aloqa o‘rnatib, bir qator harbiy va fuqarolik ob’yektlariga zarbalar berilganiga sabab bo‘lgan. Oqibatda o‘nlab odamlar halok bo‘lib, infrastrukturalar jiddiy zararlangan.

2023 yilda G‘azodagi urush avaji jadallashganidan keyin AQSh va Buyuk Britaniya Yamanda husiylar pozitsiyalariga havo zarbalari bergan edi. Husiylar esa falastinliklarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Isroilga va Qizil dengiz tranzitiga hujumlar uyushtirgan.

Kelishuvdan keyin hujumlarni to‘xtatganiga qaramay, Isroil avgust oyida Yamanda yirik havo zarbalari amalga oshirgan va husiylar bosh vaziri Ahmad ar-Rahoviyning halok bo‘lganini tasdiqlagan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Sulhga qaramasdan Isroil 339 gazolikni o‘ldirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:16

    Sulhga qaramasdan Isroil 339 gazolikni o‘ldirdi

    Gazо rasmiylari Tel-Avivni kelishuvni muntazam buzishda ayblamoqda.

    'Hakamlik sudi sudyasi 15 ming dollar pora bilan ushlanadi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:46

    Hakamlik sudi sudyasi 15 ming dollar pora bilan ushlanadi

    Andijonda hukamlik sudi sudyasi ikki fuqaroni Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va'da qilib, pul olgan vaqtda qo'lga olindi.

    'Berlin Trampning "tinchlik rejasi"dan kech xabardor bo‘lganmi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:20

    Berlin Trampning "tinchlik rejasi"dan kech xabardor bo‘lganmi?

    Germaniya kansleri Fridrix Mers Berlinn Trmpning Ukraina bo'yicha rejasini avvaldan bilgan degan da'volarni rad etdi.

    'Vetnamda dahshatli suv toshqinida 90 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 23.11.2025 22:13

    Vetnamda dahshatli suv toshqinida 90 kishi halok bo‘ldi

    12 kishi bedarak yo‘qolgani aytilmoqda.

    'Shveytsariya muzeyidan oltin tangalar o'g'irlandi'ning rasmi

    Dunyo 23.11.2025 10:08

    Shveytsariya muzeyidan oltin tangalar o'g'irlandi

    Kecha Lozannadagi qadimiy Rimga bag'ishlangan muzeyda o'g'irlik sodir etildi. Oltinlarning qiymati hozircha oshkor qilinmadi. Faqat politsiya tangalar "arxeologik qiyamatga ega"ligini aytdi.

    'Braziliyaning sobiq prezidenti hibsga olindi'ning rasmi

    Dunyo 22.11.2025 21:05

    Braziliyaning sobiq prezidenti hibsga olindi

    Sobiq prezident bunga cha uy qamog‘ida saqlanayotgan edi.