AsosiyJamiyat

Hayvonlar uchun davlatlarimiz o'rtasida chegaralar yo'q - Qozog'iston ekologiya vaziri

Samarqandda yoʻqolib borayotgan yovvoyi hayvon va oʻsimliklar bilan xalqaro savdoni tartibga soluvchi eng yirik platforma — CITES CoP20 konferensiyasi boshlandi.

'Hayvonlar uchun davlatlarimiz o'rtasida chegaralar yo'q - Qozog'iston ekologiya vaziri'ning rasmi

Darakchi.uz muxbiri Qozog‘iston Respublikasi Ekologiya va tabiiy resurslar vaziri Yerlan Nysanbayevga hayvonlar uchun O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi eng muhim qilinayotgan yoki qilinishi kerak bo‘lgan ish nima deb hisoblaysiz savoli bilan murojaat qildi:

“Bizni bu borada kelishuvlarimiz bor. Masalan Qiyiqlar masalasiga kelsak, ikki mamlakat o‘rtasida anglashuv memorandumi bor. Qiyiqlar populyatsiya vaqtida Qozog‘istonda bo‘lishadi. qishda esa Qoraqalpog‘istonda. Ikkala tomon ham birgalikda ishlaydi va ularni himoya qiladi. Bugungi kunda bizning birgalikdagI ishimiz tufayli qiyiqlar ko‘payishi ortib bormoqda. Umumiy flora va faunada chegaralar yo‘q. Hayvonlarni bemalol ikki yoqda yurishi uchun biz shunday kelishuvlarni ko‘paytirmoqdamiz."

Shuningdek, Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan konferensiya doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida yovvoyi fauna va flora resurslaridan barqaror foydalanish hamda yovvoyi hayvonlarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasi va 2026–2032 yillarga mo‘ljallangan mintaqaviy harakatlar rejasi imzolandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Migrantlar yuborgan pullar asosan kundalik ehtiyoj va kreditlarga sarflanmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:28

    Migrantlar yuborgan pullar asosan kundalik ehtiyoj va kreditlarga sarflanmoqda

    Joriy yil 10 oyida O‘zbekistonga 15,8 mlrd dollar pul o‘tkazmalari kirib keldi — o‘tgan yilga nisbatan 25 foiz ko‘p.

    'Qurilish tashkilotlari havo muhofazasi talablariga qat'iy rioya etishi ogohlantirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    Qurilish tashkilotlari havo muhofazasi talablariga qat'iy rioya etishi ogohlantirildi

    Ekologiya qoʻmitasi qurilish maydonlarida chang tarqalishiga qarshi choralar bajarmasa, faoliyat toʻxtatilishi mumkinligini bildirdi.

    'ChatGPT oʻz foydalanuvchilaridan pasport talab qila boshladi'ning rasmi

    Jamiyat 23.11.2025 21:06

    ChatGPT oʻz foydalanuvchilaridan pasport talab qila boshladi

    Agar servis foydalanuvchi 18 yoshga to'lmaganiga shubha qilsa, undan shaxsiy ma'lumotlarni pasport orqali tasdiqlashni so'raydi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 23.11.2025 18:35

    ''ning rasmi

    Jamiyat 23.11.2025 17:29

    '"Neftech" muxlisi IIV xodimlari tomonidan kaltaklanganmi rostmi?'ning rasmi

    Jamiyat 23.11.2025 14:38

    "Neftech" muxlisi IIV xodimlari tomonidan kaltaklanganmi rostmi?

    Farg'ona viloyati IIBB rasmiy ma'lumot berdi.