Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, sudya yuqori lavozimdagi tanishlari orqali fuqarolarni Koreyaga mavsumiy ishchi sifatida joylashtirishni aytgan va bunga evaziga 15 ming dollar talab qilgan.
U ishlar “tez bitishi” bahonasida 4,1 ming dollarni avans sifatida olgan.
Va’dasi bajarilmagandan keyin sudya olgan pulning bir qismini qaytarib bermoqchi bo‘lgan paytda DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Unga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi “a” bandi hamda 28, 211-moddasi 2-qismi “b” bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari davom etmoqda.






