AsosiyBu qiziq

“Koinot go‘zali – 2025” tanlovida Meksika vakili Fotima Bosh g‘olib bo‘ldi

Unga gʻoliblik tojini 2024-yilgi miss — daniyalik Viktoriya Teylvig topshirdi.

'“Koinot go‘zali – 2025” tanlovida Meksika vakili Fotima Bosh g‘olib bo‘ldi'ning rasmi

21 noyabr kuni Bangkokdagi IMPACT ko‘rgazma va kongress markazida “Koinot go‘zali – 2025” xalqaro tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi vitse-miss Tailand vakilasi bo‘ldi, keyingi o‘rinlar Venesuela, Filippin va Kot-d’Ivuar ishtirokchilariga nasib etdi.

Fotima Bosh g‘oliblikdan so‘ng qilgan nutqida ayollar va qizlarga o‘z ovozining qudratiga ishonishda ilhom bermoqchi ekanini aytdi. U shaxsiy hayoti haqida ham gapirib, “mening yonimda yigit yo‘q, sevgi kutishi mumkin”, deya kulib javob berdi.

25 yoshli Fotima Ibero-amerika universitetida moda va liboslar dizayni bo‘yicha tahsil olgan.

Tanlov arafasida katta mojaro ham qayd etilgan: tashkilotchilardan biri Navat Itsaragrisil Fotimani homiylik fotosessiyasida qatnashmaganligi uchun tanqid qilib, vaziyat keskinlashgan. Keyinchalik u tanlov jarayonidan chetlatilgan. Miss Universe prezidenti Raul Rocha Kantu bunday munosabatni qoraladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Temur Kapadze Indoneziyaga bordi'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 14:57

    Temur Kapadze Indoneziyaga bordi

    Murabbiy hozirda muzokaralar uchun Jakartada bo‘lib turibdi.

    'Kambagʻal oilalar yoshlariga armiya va "prava" uchun toʻlov davlat hisobidan qoplanadi'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 11:06

    Kambagʻal oilalar yoshlariga armiya va "prava" uchun toʻlov davlat hisobidan qoplanadi

    1 fevraldan Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan yoshlar safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni bepul o‘taydi.

    'Bugun harorat 21 darajagacha iliydi'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 07:56

    Bugun harorat 21 darajagacha iliydi

    "O'zgidromet" bugun, 21 noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.

    'Markaziy bank valyuta kurslarini e'lon qildi'ning rasmi

    Bu qiziq 20.11.2025 16:42

    Markaziy bank valyuta kurslarini e'lon qildi

    Dollar qimmatlashdi, evro arzonlashdi, oltin narxi oshdi.

    'Bugun qanday ob-havo bo‘lishi aytildi'ning rasmi

    Bu qiziq 20.11.2025 07:48

    Bugun qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

    “O‘zgidromet” bugun 20 noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qilindi.

    'Galaxy telefonlarida "josuslik ilovasi" topildi'ning rasmi

    Bu qiziq 19.11.2025 20:23

    Galaxy telefonlarida "josuslik ilovasi" topildi

    Samsungning ayrim arzon modellarida oldindan o'rnatilgan AppCloud ilovasini maxfiylikka jiddiy tahdid sifatida baholanmoqda.