"Vivagoal"ning yozishicha, Indoneziya futbol assotsiatsiyasi (PSSI) Temur Kapadzeni milliy terma jamoa bosh murabbiyiligi uchun bosh nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda. Muzokaralar ayni paytda davom etmoqda.
Bundan avval indoneziyalik jurnalist Afandi G‘azali Toshkentga kelib, Temur Kapadze bilan uchrashgan edi.
Suhbat chog‘ida o‘zbekistonlik mutaxassis Indoneziya terma jamoasini boshqarishga qiziqishini yashirmagan va agar PSSI ishonch bildirsa, taklifni qabul qilishga tayyorligini aytgan.
Ma’lumot uchun, yaqinda Indoneziya futbol federatsiyasi Patrik Klyuvert bilan shartnomani o‘zaro kelishuv asosida bekor qildi. 49 yoshli murabbiy 2025 yil yanvaridan beri jamoani boshqarib kelardi.
Uning qo‘l ostida terma jamoa 8 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta g‘alaba, 1 ta durang va 4 ta mag‘lubiyat qayd etgan.






