AsosiySiyosat

Ekologiya endi ikkinchi darajali masala emas

O'zbekistonda ekologik siyosat yangi bosqichga ko'tarildi.

'Ekologiya endi ikkinchi darajali masala emas'ning rasmi

Prezident farmoni bilan Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tuzildi va u to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat rahbariga bo‘ysunuvchi tuzilmaga aylandi. Bu qaror ekologik muammolarni tezkor va qat’iy hal qilishga qaratilgan yangi siyosiy irodani anglatadi.

O‘zgarishlar doirasida “Toza havo”, “Chiqindidan xoli hudud” va “Yashil makon” kabi yirik dasturlar kengaytirilishi, xorijiy mutaxassislar ishtirokida “Ekoloyihalar fabrikasi” ishga tushirilishi kutilmogda. Maqsad — havo sifati, atrof-muhit muhofazasi va iqlim barqarorligini mamlakat siyosati markaziga chiqarish.

Mamlakat rahbarining usbu tashabbusi ekologik inqirozni yumshatish va kelajak avlod uchun sog‘lom muhit yaratishga qaratilgan muhim qadam sifatida baholanmogda.

    Boshqa yangiliklar